Jamiyat | 19:00 / 08.07.2018
56597
1 daqiqa o‘qiladi
Yosh jurnalist Furqat Yusupov vafot etdi
Qoraqalpog‘istonlik yosh jurnalist Furqat Yusupov vafot etdi. Bu haqda «Kun.uz»ga marhumning yaqin do‘stlari ma'lum qilishdi.
26 yoshli jurnalist va bloger Furqat Yusupov o‘zbek va qoraqalpoq tillarida faoliyat olib boruvchi «Kruz.uz» sayti asoschisi edi. Marhum dolzarb tanqidiy va tahliliy maqolalari bilan jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan yoshlardan edi.
Ma'lum bo‘lishicha, Furqat Yusupov 7 iyul kuni suvga cho‘kib ketgan. Uning jasadi 8 iyul kuni topildi.
«Kun.uz» tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
Mavzuga oid
09:24 / 08.04.2023
Rossiya o‘ldirilgan jurnalistlar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilik qilyapti
08:59 / 05.04.2023
Jurnalist Sohibjon Alijonov vafot etdi
09:26 / 24.03.2023
Belarusda jurnalistlarga yangi sud hukmlari chiqarildi
10:39 / 08.03.2023