Jahon | 00:30 / 08.07.2018
19842
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In birinchi marta AQSh davlat kotibini qabul qilmadi  

AP / Ahn Young-joon

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Shimoliy Koreyaga uchinchi tashrifi avvalgi tashriflari kabi ko‘tarinkilikda o‘tmadi.   

Birinchidan, AQSh tomoni Pompeoning avval u bilan ikki marta uchrashgan Kim Chen In bilan navbatdagi marta uchrashishini e'lon qilgandi. Biroq uchrashuv bo‘lib o‘tmagan.

Ikkinchidan, Pompeo ikki kunlik muzokaralar yaxshi o‘tganini aytgan bir paytda Shimoliy Koreya uchrashuv natijalaridan afsuslanish va qoniqmaganlik bildirgan. 

Oq uy Pompeoning Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishini e'lon qilganda u Kim Chen In va uning jamoasi bilan uchrashgani ketayotgani aytilgan. Pompeo bungacha ikki marta Kim Chen In bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgani sababli bu g‘ayritabiiy narsadek yangramagandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid