Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Afg‘oniston prezidenti bilan “Tolibon”ni muhokama qildi
Bu Pompeoning AQSh davlat kotibi sifatida Kobulga ilk tashrifi bo‘ldi. U Afg‘oniston poytaxtiga 9 iyulda norasmiy tashrif bilan kelgan va u yerdan Abu-Dabiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Pompeo G‘ani bilan muzokaralarda Vashingtonning “Tolibon” harakati bilan tinch muzokaralar o‘tkazishga chorlovini yana takrorlagan. U AQSh Kobul rahbariyati ostida ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdorligini tasdiqladi. Bunda toliblar terrorchilikdan voz kechishi, “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzishi va mamlakat konstitutsiyasining qoidalarini qabul qilishi kerak.
Pompeo G‘ani bilan matbuot anjumanda “Tolibon”dagi ko‘pchilik joylarda harbiy tomondan g‘alaba qozona olmasliklarini” anglayotganlarini ta'kidlab o‘tgan. “Biz tinchlik muzokaralari olib borolmaymiz, ixtilofni tashqaridan hal qila olmaymiz, buni mamlakat ichidagi afg‘onlarning o‘zlari amalga oshirishlari kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.
Afg‘oniston prezidenti 30 iyunda 7 iyundan amal qilib kelayotgan “Tolibon” bilan bir tomonlama yarashuv yakuniga yetganini ma'lum qilgan. Yarashuv vaqtida “afg‘on xalqi ixtilofni hal qilishga tayyorligini ko‘rsatgan”. G‘anining aytishicha, yarashuvga erishish bo‘yicha sa'y-harakatlar davom etadi.
Mavzuga oid
17:02 / 27.02.2026
Pokiston toliblar hukumati bilan «ochiq urush» boshlanganini e’lon qildi
11:21 / 27.02.2026
Germaniya 20 nafar Afg‘oniston fuqarosini deportatsiya qildi
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
18:35 / 18.01.2026