Jahon | 14:27 / 09.07.2018
9421
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Rossiyaga qarshi turish uchun Atlantikadagi flotini kuchaytiradi

Foto: Reuters

Qirollik floti admirali Filip Jons Britaniya hukumati Rossiya tahdidiga qarshi turish uchun Shimoliy Atlantikadagi harbiy-dengiz floti guruhini kuchaytirishga qaror qilganini bildirdi. U bu haqda Sky News telekanaliga ma'lum qilgan.

Admiralning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantikada Britaniya kema va samolyotlari bo‘lib turishini ta'minlash uchun yangi qo‘shma operatsiyalar hududi tashkil etiladi. Jonsning qayd etishicha, hukumat bu qarorni Rossiyaning kuchayib borayotgan flotiga javoban qabul qilgan.

Britaniya HDK rahbari Buyuk Britaniya Rossiya kemalari jahon trafigining deyarli 97 foizi uzatiluvchi aloqa kabellariga kirish imkonini olishidan xavotirlanayotganini qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, Rossiya floti kabellar ustida tadqiqot o‘tkazmoqda.

«Shu bois biz bunga qarshilik qilishga tayyor turishimiz kerak», — degan admiral.

2017 yilda The Guardian gazetasi Buyuk Britaniyaning eng katta va qudratli aviatashuvchisi xizmat boshlaganidan ikki hafta o‘tgach teshilib qolganini yozgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid