Jahon | 02:33 / 10.07.2018
12718
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi boshqaruv shakliga o‘tgan Turkiyada vazirlar lavozim almashmoqda

Foto: Anadolu

Turkiya davlati kuchli prezidentlik boshqaruv usuliga o‘tishi bilan hukumat tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda Anado‘lu nashri xabar bermoqda. 

Mamlakatda Stixiyali holatlar va favqulodda vaziyatlar agentligi rahbari Fuat Oktay endi Turkiya vitse-prezidenti lavozimiga o‘tkazildi. Tashqi ishlar vaziri lavozimida Mavlut Chavusho‘g‘lu qoladigan bo‘ldi. 

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri - Sulaymon Soylu, Adliya vaziri - Abdulhamid Gul ham lavozimiga qayta tasdiqlangan. 

Turkiya Mudofaa vaziri etib Bosh shtab sobiq rahbari Hulusi Akar, Moliya vazirligi va g‘aznaga Energetika vaziri Barot Albayroq keldi. Bo‘shab qolgan Energetika va tabiiy resurslar vazirligiga Fotih Do‘nmiz rahbar etib tayinlandi. Savdo vaziri esa Ruxsar Pekjan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid