Jahon | 21:26 / 10.07.2018
18569
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada hech qanday tushuntirishsiz 30ga yaqin qirg‘izistonlik ushlandi

Foto: 24.kg

Moskvaning Taganka tumanida politsiya Qirg‘izistonning 30 ga yaqin fuqarosini ushladi. Bu haqda muhojirlar yuristi Valentina Chupik ma'lum qilgan.  
      
Chupikning aytishicha, unga 7 kishi yordam so‘rab murojaat qilgan.

“Ichki ishlar bo‘limida taxminan 30 kishi ushlab turilibdi. Politsiya ularning ushlanishi sababini tushuntirmayapti. Ular yarimtunga yaqin ushlanganlar. Menga murojaat qilgan odamlar politsiya bo‘limida ertalabki soat 6 dan beri qolmoqdalar. Ularni qirg‘iz bo‘lganlari uchungina ushlashgan. Bu holat Rossiyada an'anaviy tus olgan. Qirg‘izistonliklarning ushlanishiga hech qanday asos yo‘q”, deb aytgan Chupik.  

“Menga hujjatlari joyida bo‘lganlar hujjatlarini jo‘natishlarini so‘radim. Buni 7 kishi qildi, biroq bu qolganlarning hamma hujjatlari joyida emasligini anglatmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan yurist.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid