Jahon | 07:50 / 10.07.2018
5192
1 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF yil boshidan 16 ming yamanlik bolaga ko‘mak ko‘rsatdi

Foto: Anadolu

BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) 2018 yilning 1-yarmida Yamanning g‘arbidagi Xudaydo viloyatidagi 16 mingdan ko‘proq bolaga oziq-ovqat yordami ko‘rsatdi.

“Yilning birinchi yarmida YUNISEF Xudaydoda 16289 bolani ocharchilikdan qutqardi”, deb aytilgan jamg‘arma xabarida.

Hududda qaqshatqich to‘qnashuvlar davom etayotganiga qaramay, YUNISEF bolalar hayotini saqlab qolish uchun o‘z ishini davom ettirmoqda.

Yamanning turli hududlarida 5 yoshdan kichik 400 mingga yaqin bola jiddiy to‘yib ovqat yemaslik kabi muammoga duch kelganlar.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Xudaydoda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammodan tashqari, sog‘liqni saqlash borasida ham og‘ir vaziyat yuzaga kelgan.   

Mavzuga oid