Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Janggoh» turar-joy majmuasi xaridorlar uchun mega-aksiya haqida e'lon qiladi
Genesys kompaniyasi savdo bo‘limi direktori Saidaziz Kasimov «Janggoh» turar-joy majmuasi afzalliklari va xonadon xaridorlari uchun aksiya haqida so‘zlab berdi.
«Ko‘p xonadonli turar-joy majmuasini qurish g‘oyasi do‘stlarim bilan chet-elga uyushtirilgan safardan keyin paydo bo‘ldi. Magistraturani bitirib, Toshkentga qaytganimizdan so‘ng ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanishga – shaxsiy agentlik ochishga qaror qildik. Rejamiz quyidagicha edi: biz quradigan kompaniya topamiz va ularning obektlarini aql bilan sotamiz – ko‘pchilik bu turdagi biznes bilan shug‘ullanadi. Ofis ochishimizdan avval birinchi istiqbolli qurilish kompaniyasi jamoaga kirishib ketishni taklif qildi.
Biz birgalikda ishlashga qaror qildik va ko‘chmas mulk agentligi bo‘lish g‘oyasidan voz kechdik. Biznesni boshlamasdan avval uni kengaytirishga erishdik, desa bo‘ladi. Shu tariqa «Janggoh» ustida ish boshlandi. Natijada obekt faol ravishda qurilmoqda, bizning vazifamiz faqatgina kvartiralarni ko‘rsatib, qog‘ozlarni rasmiylashtirishdan iborat emas. Biz qurilish kompaniyasi bilan barcha bosqichlarda birgalikda ish olib boramiz, tavsiyalar beramiz. Ayni vaqtda yana ikkita loyiha ustida ishlayapmiz», – dedi Genesys kompaniyasi savdo bo‘limi direktori Saidaziz Kasimov.
«Janggoh» turar-joy majmuasi — o‘z falsafasiga ega zamonaviy inshoot. U «eski shahar»ni zamonaviy megapolisga aylantiradi. Majmua hududida milliy uslubdagi zamonaviy va qulay binolar rad rostlamoqda. Ular ikkinchi liniyada joylashgani sabab, yashovchilarga shovqin va asosiy yo‘lning changi yetib bormaydi. «Janggoh» oltita blokdan iborat bo‘lib, har biri 7–8 qavatdan tashkil topgan.
Obekt atrofida rivojlangan infratuzilma mavjud:
- «G‘afur G‘ulom» metrosigacha 6 daqiqalik yo‘l;
- «Abdulla Qodiriy» xiyobonigacha 350 metr;
- Maktabgacha ta'lim muassasasigacha 10 metr;
- Korzinka.uz supermarketigacha 400 metr;
- № 19 maktabgacha 600 metr;
- Toshkent sirkigacha 900 metr.
Shaxsiy afzalliklar: to‘siqlar bilan o‘ralgan hudud va 24 soatlik videokuzatuv. Majmuaning markaziy qismidagi favvora va ko‘kalamzor ansamblni to‘ldirib turadi. Individual isitish tizimini ham alohida ta'kidlab o‘tish joiz – har bir kvartirada alohida doshqozon o‘rnatiladi.
Qurilish kompaniyasi Toshkent shahri aholisi va O‘zbekistonning barcha hududlaridan keladigan mehmonlar istaklarini inobatga olgan. Boshqa hududlardan kelganlar uchun «Janggoh» turar-joy majmuasi – investitsiya va Toshkent propiskasini olish uchun ajoyib imkoniyat.
Kvartiralar
«Janggoh» turar-joy majmuasida umumiy maydoni 13,7 ming kvadrat metrga teng jami 138 kvartira va 1,1 gektar hudud mavjud.
Kvartiralar maydoni:
- 2 xonali — 63,8 kv. m. dan 69 kv. m. gacha;
- 3 xonali — 84,8 kv. m. dan 100,8 kv. m. gacha;
- 4 xonali — 114 kv. m . dan 151 kv. m. gacha.
Kvartira narxiga quyidagilar kiradi:
- Shtukaturkasiz pardevorlar;
- Styajkasiz pollar;
- Taxta bilan ishlangan temir kirish eshigi;
- Plastik romlar;
- Har bir deraza ostida radiatorlar;
- Ikki konturli doshqozon;
- Shinamlik va mehmondo‘st qo‘shnilar.
Har bir kvartiraga gaz, elektr energiyasi, sovuq suv, telefon liniyasi, internet va kabelli televideniye o‘tkazilgan. Elektr ta'minoti avtomatlashtirilgan transfarmator podstansiyasidan keladi.
Aktsiyalar
«Janggoh» turar-joy majmuasida kvartira xarid qilinganda maxsus aksiyalar amal qiladi:
- «Farzandlar — bizning borlig‘imiz»;
- «Yozgi aksiya»;
- «Baxtli talaba».
Birinchi aksiya majmuadagi kvartiralarning doimiy sotilishiga mo‘ljallangan – uning muddati yo‘q. Bu aksiya kamida bir farzandi bo‘lgan ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning mazmuni juda oddiy – oilada farzand qancha ko‘p bo‘lsa, chegirma ham shuncha katta bo‘ladi. Dastlabki stavka – bir farzand uchun 1%, ikkisi uchun – 2% va hokazo.
Ikkinchi aksiya yozgi mavsumda amal qiladi va 31 avgustgacha davom etadi. Masalan, yozda kvartira xarid qilib, 5% chegirma olish mumkin. Farzandli oilalarga ham chegirma qo‘shiladi, masalan: 4 farzand uchun 4% bo‘lsa, chegirma jami 9% bo‘ladi.
So‘nggi aksiya talabalar uchun: yurtimizdagi milliy oliy o‘quv muassasasiga o‘qishga kirgan oilali talabalar 5 sentabrga qadar kvartira sotib olsa, kompaniya birinchi yilgi ta'lim to‘lovini qoplab beradi.
Kvartiralarni pul o‘tkazish va muddatli to‘lov orqali xarid qilish mumkin.
Telefon: (+99871) 200−61−16
Manzil: Shayxontohur tumani, «Janggoh» mavzesi.
Mo‘ljal: Ts-15 mavzesi.
Sayt: genesys.uz
E-mail: [email protected]
Facebook: fb.com/genesysdev
Instagram: @genesysdev
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
18:14 / 04.10.2025