Jahon | 14:25 / 11.07.2018
8179
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 301 kishi halok bo‘lgan kondagi halokat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Foto: NTV

Turkiya g‘arbidagi Manisa shahri sudi 301 kishi halok bo‘lgan Soma konidagi halokat ishi bo‘yicha besh kishini uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.

2014 yil 13 mayda Soma shahridagi konda Turkiya tarixidagi eng yirik halokat sodir bo‘lgandi. Fojia vaqtida yer ostida 787 kishi bo‘lgan, ulardan 301 nafari vafot etgan. Ushbu halokatdan so‘ng Turkiyadagi barcha konlarda tekshiruvlar o‘tkazilgan, 94ta kon yopilgandi. 

Sud kon bosh direktori Ramazan Dogruni 22 yarim yilga, kon egasi Jan Gyurkanni 15 yilga, ijrochi direktor Akin Chelikni 18 yil 9 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Texnika xavfsizligi bo‘yicha ikki muhandis 18 yildan 22,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid