Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana yong‘in. 9 qavatli uyda joylashgan go‘zallik saloni yonib ketdi
Bugun, 12 iyul kuni Mirobod tumani Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Toshkent shahar IIBB hodisa haqida rasmiy xabar berdi.
«Bugun soat 14.50da Mirobod tumani Oybek ko‘chasida joylashgan 9 qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga 2ta o‘t o‘chirish mashinasi qisqa fursatda yetib bordi.
Ma'lum bo‘lishicha, “Bell clio” salonining soyabonida yong‘in kelib chiqqan bo‘lgan. Tezkor harakatlar natijasida soat 15.08da alanga jilovlanib, soat 15.09da butunlay bartaraf etildi.
Alanga oqibatida uyning 2-7 qavatlaridagi deraza romlari zarar ko‘rgan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘inning avj olib ketish xavfi oldi olindi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda», deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, bugun tushdan so‘ng Toshkentning Yunusobod tumanidagi supermarketlardan birida ham yong‘in yuz bergandi.
Mavzuga oid
09:51 / 09.02.2026
Toshkentda davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari davom etmoqda
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026
Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
09:11 / 05.02.2026