Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Umid qilaman, bir kun kelib Putin bilan yaxshi do‘stga aylanamiz»
AQSh prezidenti Donald Tramp Bryusselda davom etayotgan NATO sammitida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qachondir do‘stlashib ketishiga umid qilishini ta'kidladi.
«Putin bilan munosabatlarimiz? U Rossiya vakili, men esa AQSh. U mening dushmanim deya olmayman. Umid qilamanki, vaqti kelib u bilan yaxshi do‘stga aylanamiz. Hozir Putinni do‘stim deyishim qiyin, chunki hali endi bir necha marta ko‘rishdik. U men bilan xushmuomala bo‘ldi, men ham. Biz yaxshi kayfiyatda gaplashganimizni barcha ko‘rdi. Janob Putin bilan til topishib ketishimga ishonaman»,- deydi AQSh yetakchisi.
Ta'kidlash joiz, Putin va Tramp 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashishadi. Trampning aytishicha, bu uchrashuvdan unchalik ko‘p narsa kutmayapti va Putin bilan har doimgidek Ukraina, Suriya hamda Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi mavzusini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026