Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Zokirov tavallud topganiga 70 yil to‘ldi

Taniqli teatr va kino aktyori Jamshid Karimovich Zokirov bugun hayot bo‘lganida o‘zining muborak 70 yoshini qarshilagan bo‘lar edi.
Jamshid Zokirov 1948 yilning 11 iyulida Toshkent shahrida, O‘zbekistonda taniqli qo‘shiqchi Karim Zokirovning oilasida tavallud topgan. U avval «O‘zbekfilm»ning aktyorlik mahoratida, keyin Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik (hozirgi O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat) institutining teatr dramasi va kino aktyori fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.
1971 yil oliygohni tamomlab, «Hamza» nomidagi O‘zbek davlat akademik drama (hozirda O‘zbek milliy akademik drama) teatrida 2012 yilgacha faoliyat yuritdi. Faoliyati mobaynida teatrda 100 dan ortiq obrazlarni mohirona ijro etdi.
Teatrda yaratgan obrazlardan tashqari televideniye va kinoda ham xilma-xil obrazlarni gavdalantirgan.
Jamshid Karimovich Zokirov 2012 yilning 7 aprelida Toshkent shahrida, uzoq vaqt davom etgan xastalik sababli vafot etdi.
Teatrda yaratgan obrazlari:
V.Rodov. «Oqshomdan tushgacha»da Albert. 1973.
N.Gogol. «Uylanish»da Anuchkin. 1975.
B.Vasilev. «Ro‘yxatlarda yo‘q»da Salnikov. 1978.
Ye.Xeltai «Soqov ritsar»da Beppo. 1979.
O‘.Umarbekov. «Kuzning birinchi kuni»da Farhod. 1980.
N.Gogol. «Revizor»da Bobchinskiy. 1986.
Sh.Boshbekov. «Taqdir eshigi»da Erkak. 1987.
S.Ahmad. «Kelinlar qo‘zg‘oloni»da Mahkam. 1988.
J.Ishoqov. «Mardikor»da Stepan. 1989.
O‘.Hoshimov. «Qatag‘on»da Berdiyev. 1991.
J.Puare. «Aldagani xotin yaxshi»da Stefan. 1994.
S.Imomov. «Erginamning orzusi»da Jamshid.
Lessing. «Donishmand Natan»da Natan.
N.Abbosxon «Tanho yulduzim»da Murod.
J.Jabborov «Uyqusiz kecha»da Ota.
Rus akademik drama teatrida
«Noch v Venetsii»da bosh rolni ijro etgan.
Kinoda yaratgan obrazlari:
«Kelinlar qo‘zg‘oloni»da Hakim.
«Temir xotin»da Olim.
«Orzular og‘ushi»da Bahrom.
«G‘olib»da Direktor.
«Shaytanat»da Sharif Namozov.
«Men bu men»da Professor
«Suv yoqalab»da Jaga va boshqa ko‘plab unutilmas obrazlar yaratgan.
1995 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
10:42 / 30.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirdi
11:57 / 30.07.2025