Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya rahbari NATO sammitini nogironlar aravachasida tark etdi
Foto: REUTERS
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker NATOning Bryusseldagi sammitini nogironlar aravachasida tark etishiga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq internetda Yunker sammit vaqtida oyoqlarida zo‘rg‘a turib, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga yiqilib tushishiga bir baxya qolgani muhrlangan video paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik siyosatchini mast deb o‘ylagan.
Biroq Yevrokomissiya rasmiy vakili Margaritis Sxinas Yunkerda og‘riq sindromi xuruji – ishialgiya yuz bergan. Uning aytishicha, Yunker dorilar qabul qilmoqda va hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda hamda ishlashga tayyor.
Ta'kidlanishicha, Yunker NATO vaqtida chayqalib va qoqilib yurgan. Shu sababli unga boshqa ishtirokchilar yordami kerak bo‘lgan.
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening ma'lum qilishicha, Yunkerning sog‘lig‘i bilan jiddiy muammo yo‘q, biroq uni beli bezovta qiladi.
Mavzuga oid
14:42 / 08.11.2025
Yevrokomissiya Rossiya aktivlarini doimiy muzlatib qo‘yishni taklif qildi
15:12 / 07.11.2025
Yevrokomissiya Rossiya fuqarolari uchun viza qoidalarini yanada qat’iylashtirmoqda
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
13:51 / 18.10.2025