KUN.UZ tahririyatiga aholidan kelayotgan murojaatlarning katta qismi bugungi yöllarimizning holati haqidadir. Darhaqiqat, jamiyatda yöllarning örni beqiyos. Keng va ravon yöllar manzilimizni yaqin qiladi, eng muhimi xavfsizligimizni ta'minlaydi.

KUN.UZ biz har kuni harakatlanadigan yöl deya atalmiş jamiyat qon tomiri haqida - “Bu yöllar...” loyihasi asosida turkum körsatuvlar tayyorlaşni maqsad qildi.

Unda öquvçilarimiz tomonidan yuborilgan murojaatlarga köra - xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatdagi magistral va içki yöllarning holati haqida maqola va videolavhalar berib boramiz.

Yirik magistral va içki yöllar infratuzilmasi yaxşi bölsa, taşqi va içki turizm rivojiga xizmat qiladi. Haydovçi va yölovçilar uçun savdo va servis xizmati rivojlanadi. Eng asosiysi, közlagan manzilimizga oson yetib boramiz. Tezkor zamonamizda yöllarga e'tibor beriş kerakligi - dolzarb mavzu.

Aholi va çet ellik mehmonlarga yilning har faslida birdek xizmat qiluvçi sifatli yöllar kerak. Çunki biz şunga loyiqmiz. Öquvçilarimiz yöl sohasi böyiça murojaatlarini [email protected] elektron manziliga yoki telegramdagi “Kun.uz Bu yöllar” kanaliga yuborişlari mumkin. 

Vodiydagi eng yomon yöl tomon otlandik

Murojaatlarning aksari qismida aholi - öz şahri, tumani, mahallasi yöllarining holati haqida arz qilişi bor gap. Şu örinda aytib ötişimiz joiz, yöllar ahamiyatliligiga qarab turlarga bölinadi. Har qanday kişi yöl çetidagi belgilardan ham ularni ajratib olişi mumkin.

Yölsozlardan olgan ma'lumotlarga köra - A-373 “Toşkent-Andijon-Öş-Irgeştom-Qaşqar» avtomobil yöli – xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yöli bölib, 4R-112 “Namangan - Andijon” avtomobil yöli – Respublika ahamiyatidagi avtomobil yöli hisoblanadi.  “K” belgili yöllar  - viloyat ahamiyatidagi, “N” belgisi qöyilgani esa – mahalliy avtomobil yöllaridir. Hozirgi kunda “K” va “N” larnining har ikkisi - umumfoydalanuvdagi mahalliy avtomobil yöllari deb yuritilmoqda.

Biz eng köp e'tirozlar kelib tuşayotgan mahalliy aholi – “Namangan-Qöqon yöli” deb ataydigan yöl tomon tasvirçimiz Ahrorbekning “Matiz” avtomaşinasida yöl oldik (“Matiz” masalasiga maqola söngida yana qaytamiz).

Mingbuloq tumani markazi bölgan Jumaşuy şaharçasidan uç kilometrlar ötganimizdan söng Tegirmon qişloğidan çap tomon burilgaç, 4R 260 yölining 23 kilometrdan boşlab yölning holati keskin özgara boşladi. Belgidan körinib turibdi, “R” harfi uning respublika ahamiyatidagi avtomobil yöli ekanligidan darak berib turibdi.

Mazkur yöl Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hududidan ötib, Pop tumani “Navbahor” qişloğiga tutaşadi, söng Farğona viloyati, Buvayda tumaniga yuzlaşib,  Qöqonga qarab boradi.

45-50 kilometrlik yölning boşlanişi çuqurlarga töla, çang-tözonli ekanligini körib, hayratga tuşa boşladik. Kamera va mikrofonimizni körgan haydovçilar töxtab, yölning holati haqida gapira ketişdi. “Bu yöl oxirgi marta qaçon ta'mirlanganini bilmaymiz. 20 yillar oldin bölsa kerak. Serqatnov yöldan kuniga minglab avtomaşinalarda odamlar öz yumuşi bilan qatnaydi. Yölda maşina minişning özi azob. Avtomaşinamni har oyda remont qilişga töğri kelyapti. Bu hali boşlanişi... 40 kilometr uzoqlikda yölning tekis joyini topa olmaysiz”, deydi DAMAS maşinasida bir guruh otaxonlarni olib kelayotgan haydovçi.

Yölda davom etamiz. Eh-he... Biz şu paytgaça körib yurgan yöllardagi çuqurlar “Namangan-Qöqon” yölidagi çuqurlar oldida heç narsa emas ekan! Naqd “avtomaşina balonini tişlab olib qolaman!” deydigan çuqurlar edi, bu... Biroq, şunday bölsada, köça juda serqatnov. Qatnaydi-da, boşqa yöl bölmaganidan keyin odamlar nima ham qilişsin, axir. Yölning birinçi ön kilometridayoq, murojaatlarda aytilganidek “eng yomon yöl”ga kelganimizni his qildik.

Yölsozlar bu yerdan ötganmikan?..

Fikrimizça, Namangan yölsozlari öz xöjaligi hududidagi mazkur yölni butunlay unutib qöyişgan.

Yöl deya atalmiş önqir-çönqir kenglikda na bir yöl belgisini körasiz, na bir risoladagidek bekat. Yöl çetidagi bekatlarni körib, özimizni xuddi ötgan asrga kelib qolgandek his etdik.

Har ikki-uç metrda qatorasiga duç kelayotgan çuqurlikdan iborat tösiqlararo, oldinga intilib borganimiz sari vaziyat yanada oğirlaşib ketdi.

Yöl çetida tuşlik qilib ötirgan oilaga duç keldik. Tuşib, undan adaşmaganimizni, haqiqatda şu yöl Buvayda tumani orqali Qöqonga olib borişini söradik. U kişi şu yerda fermer xöjaligida işlaşi va ayni vaqtda yöl böyiga avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasi quriş niyati borligini aytdi. “Yölning ahvolini körib turibsizlar. Bu yerda texnik xizmat körsatiş şoxobçasiga iş köp. Faqat bir narsaga hayronman. Nahotki, yöl ta'mirlaş korxonasi bu yöl borligini unutgan bölsa?”, deydi Rahmatillo aka.

  

Çuqurga gul ekkanimiz haqida

Yölning 10 kilometrça qismi çöl hududidan ötar ekan. Ehtiyot bölib, oldinga qarab yurdik. Önqir-çönqirlar oşa ming ovora bölib, yöl içidan yöl axtaramiz. Qiziği, bu yöl - qoidalarga böysunmaslik yöli. Çap va öng tomon qoidasi unga begona. Tekisroq joy izlagan haydovçilar öng tomondan çap tomonga bemalol ötib harakatlanişardi. Çang-tözon kötarib ötayotgan avtomaşinalarning holiga qarab bölmaydi.

Dökon, texnik xizmat körsatiş joylari umuman yöq. Yöl-yölakay ötayotgan ulov egalaridan suhbat olib, bir yarim soatda Farğona viloyati Buvayda tumaniga yetib keldik. Farğonaga ötişimiz bilan yölning sifati özgardi. Harqalay, biroz tekis va ravon yölga çiqib, nafas rostladik.

Uzoq yillardan beri fermerlik qilib kelayotgan onaxonni körib uni suhbatga tortdik. “Bu yöl öz paytida juda ravon edi. Qöqon bozoriga namanganliklardan tortib,  Andijonning Baliqçi, Uluğnoridan maşinalar keladi. Öşa hududlar uçun asosiy yöl şu-da?.. Öz vaqtida avtobuslar tizimli ravişda qatnardi. Hozir ham bozorçilar şu yöldan ming qiynalib ötadi. Televizorda körgandim, qaysidir davlatda şunday çuqurlarga mutasaddilarni e'tiborini qaratiş uçun aholi gul ekib ketar ekan”, onaxon şunday deya, uyidan bir dona gul köçati olib berdi.

Qaytişda yölovçilarga töla “Ikarus” avtobusiga duç keldik. Haydovçi dardini eşitadigan kişilar borligidan xursand bölganini körsangiz edi... U kişi gapni qisqa qildi: “Haydovçilar mahalliy aholiga pul berib, qadoqlarga tuproq töldirişadi. (“Qadoq” Namangan şevasida öydim-çuqurni bildirar ekan). “Katta”lardan sörang, ukalar. Qaçon yölimiz ta'mirlanadi?”.

Atrofda yurgan bolalar bilan bitta çuqurga gul ekdik. Biroq bu yöldagi barça “qadoq”larga gul eksak ön minglab gul köçatlari ketişi tayin ekan.

Xulosa

“Bu yöllar...” loyihasining ilk maqolasi juda çözilib ketdi. Maqola va videolavha tayyorlaşdan  maqsadimiz mazkur muammoga Namangan viloyat avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi va Mingbuloq tuman yöllardan foydalaniş unitar korxonasi mutasaddilarini e'tiborini qaratişdan iborat. Yuqorida aytganimizdek, yöllar jamiyatning qon tomiriga qiyoslanadi. Mazkur muammoni tez orada ijobiy hal etilişidan umidimiz bor.

P.S. Tasvirçimiz Ahrorbekning “Matiz”i öşa kuni “xodovoy” qismi işdan çiqqani uçun töğri ustaxonaga bordi.

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ jurnalisti
Tasvirçi: Ahrorbek Yoqubjonov
Namangan-Farğona