Jamiyat | 22:49 / 14.07.2018
34649
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar “Pir”lar olib ketilayotgan avtoulovni to‘xtatishdi

Mamlakatimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlar kirib kelishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzarlik holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, Farg‘ona tumanining “Mindonobod-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro J.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. 

“Ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan, har biri 5 litr hajmli tselofan paketga qadoqlangan jami 30 dona “PIR” nomli aroq mahsulotlari borligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid