2018 yilning 11-12 iyul kunlari Bryusselda NATOning navbatdagi sammiti bölib ötdi va unda Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkilotiga a'zo 29 mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari iştirok etişdi.

Unda alyansning joriy kun tartibi masalalari muhokama etilişi bilan birga, Afğoniston Islom Respublikasida tinçlikni tartibga soliş istiqbollariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Sammit iştirokçilari «Keskin madad» missiyasi böyiça Qöşma bayonot qabul qilişdi va unda şu yilning 28 fevralida bölib ötgan Afğonistonda xavfsizlik sohasida tinçlik va hamkorlikka bağişlangan Kobul jarayonlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev taşabbusi bilan joriy yilning 26-27 mart kunlari Toşkentda Afğonistonda tinçlik örnatiş muammolariga bağişlab ötkazilgan «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» konferensiyasi yakunlarini alohida e'tirof etişdi.

NATOga a'zo davlatlar yetakçilarining bayonoti Özbekiston rahbarining Afğonistonda vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga soliş va uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarni jalb qiliş siyosati va xalqaro taşabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan tan olinganining navbatdagi tasdiği böldi. 2018 yilning 22 iyunida qabul qilingan BMT Boş Assableyasining Markaziy Osiyo böyiça rezolyutsiyasida ham Afğonistondagi mojarolarni uzil-kesil hal qiliş işida Toşkent konfrentsiyasining muhimligi ham alohida qayd etilgan.

Ma'lumki, Toşkent konferensiyasi işida köplab boşqa mehmonlar qatorida NATOga a'zo köplab davlatlarning vakillari, şuningdek, alyans boş kotibi yordamçisining örinbosari ham iştirok etgan edi. Mazkur forum Afğonistonda afğon rahbariyati va xalqining özi tomonidan amalga oşirilayotgan milliy yaraşuv jarayonlarini qöllab-quvvatlaşda jahon hamjamiyati sa'y-harakatlarini jipslaştirişga kömaklaşuvçi buriliş voqeasi bölgan edi.

Özbekiston rahbariyati taşabbuslarini keng qöllab-quvvatlanayotganligi şu bilan tuşuntiriladiki, uçraşuv qatnaşçilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan Toşkent deklaratsiyasi Afğonistonda tinçlik jarayonlarini ilgari suriş böyiça mintaqiviy va global darajada birgalikdagi harakatlar uçun siyosiy asos hamda mustahkam xalqaro murosa körsatkiçi böldi.

Özbekiston poytaxtida ötgan konferensiya doirasida hosil bölgan siyosiy muhit «Toşkent ruhi» deb ataldi va Afğonistonda sodir bölayotgan jarayonlarga jalb etilgan barça tomonlar örtasida konstruktiv muloqotlar faollaşişi uçun rağbat uyğotdi.

Özbekiston boşqa davlatlarning Afğonistonda milliy yaraşuvni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan va tinçlik jarayonlariga kömak beriş, bu mamlakatda barqarorlikka erişiş, şuningdek, uning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanişi böyiça boşqa davlatlar va taşkilotlarning sa'y-harakatlari va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydi.