Vilnyusda NATO sammiti yakunlandi. Litva poytaxti 11–12 iyul kunlari mezbonlik qilgan yiğilişning asosiy mavzularidan biri Ukrainaning alyansga qöşilişi masalasi böldi, bu davlat özini imkon qadar tezroq NATO a’zosi sifatida qabul qilişlarini söramoqda. Sammitning birinçi kunida NATO a’zosi bölgan davlatlar Ukrainaning a’zolik jarayonini soddalaştirişga rozilik berdi, ammo mamlakatni alyansga taklif etiş böyiça qaror qabul qilinmadi. Ittifoqçilar Ukraina alyansga blokning barça a’zolari rozi bölganida, rasmiy Kiyev esa ayrim şartlarni bajarganida (Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aynan qaysi şartlar haqida gap ketayotganidan xabardor emasligini aytgan) qabul qilişlarini bildirgan. Sammit yakunlari böyiça çiqarilgan bayonotda Ukraina alyansga qaçon taklif qilinişi mumkinligi borasida gap bormagan. Avvalroq ittifoqçilar bu faqat uruş yakunlanganidan keyin röy berişi mumkinligini qayd etişgandi.
Volodimir Zelenskiy NATO sammiti doirasidagi 12 iyul kungi yiğilişda iştirok etdi. Ukraina prezident Vilnyusga 11 iyul kuni uçib kelgandi, şu kuni u Litva prezideni Gitanas Nauseda bilan mitingda qatnaşdi, sammitda esa ikkinçi kuni köriniş berdi. Zelenskiy 1997 yildan buyon mavjud bölgan Ukraina — NATO komissiyasi asosida taşkil etilgan Ukraina — NATO Kengaşining ilk yiğilişida qatnaşdi. Yiğilişda alyans mamlakatlari yetakçilari, jumladan Ukrainaning muhim ittifoqçilari — AQŞ va Buyuk Britaniya rahbarlari ham jam bölişdi. «Kengaş taşkil etilişi bizda alyansning bir qismi böliş hissini uyğotadi», dedi Zelenskiy. Kun davomida Zelenskiy NATO mamlakatlari yetakçilari bilan köplab uçraşuvlar ötkazdi, jumladan AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan ham.
«Katta yettilik» mamlakatlari Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonotni qabul qilişdi. G7 mamlakatlari Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam körsatişga, razvedka ma’lumotlari almaşinuvini davom ettirişga kelişib olişdi, şuningdek Rossiya hozirgi mojaro yakunlanganidan keyin ham Ukrainaga yana hujum qiladigan taqdirda, zarur çoralarni qabul qilişga va’da berişdi. Şuningdek uşbu mamlakatlar Ukraina bilan «hozirgi vaqtda Ukrainani himoya qilişga va kelajakda Rossiya tajovuzini töxtatişga» qodir qöşin yaratiş uçun «ikki tomonlama, uzoq muddatli xavfsizlik böyiça aniq majburiyatlar va kelişuvlar» ustida işlaşga va’da bergan. «Bizning qöllovimiz uzoq kelajakda ham saqlanib qoladi. Bu bizning Ukrainaga sodiqligimizni körsatuvçi kuçli bayonotdir», — degan Jo Bayden Zelenskiy va «Katta yettilik» yetakçilari bilan sahnada turgan holda. Zelenskiy uçraşuv yakunlarini «sezilarli yutuq» deb atadi.
Vilnyusga kelişidan oldin Zelenskiy NATO mamlakatlarini Ukrainani alyansga qabul qilişdagi noaniqlik tufayli «zaiflik»da ayblagandi.













