Peruda vazir va sudya korruptsion janjal tufayli iste'foga chiqdi
Yirik korruptsion janjal peru adliya vaziri Salvador Eresi va shahar oliy sudi rahbari Kalyao Valter Riosning iste'fo berishiga olib keldi, deb yozadi RIA Novosti.
Janjalga Eresi, Rios va yana bir necha sudya u yoki bu sud qarorini shubhali yo‘llar bilan o‘zgartirish haqida suhbatlashishgani yozilgan telefon orqali suhbatning e'lon qilinishi sabab bo‘ldi.
Eresining iste'foga chiqishini shaxsan mamlakat prezidenti Martin Viskarra so‘radi.
"Adliya tizimini isloh qilish uchun vazir Eresidan iste'foga chiqishini so‘radim. Peru boshidan kechirayotgan davr qat'iy harakatlarni talab qiladi", – deb yozdi Viskarra o‘zining Twitter mikroblogida.
Bir necha daqiqadan so‘ng Eresi davlat rahbariga javob qaytardi.
"Tergovni yengillashtirish uchun iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdim. Prezident Viskarrega omad tilayman", — deb yozdi Eresi Twitter’dagi mikroblogida.
Riosning iste'fosi haqida Peru oliy sudi ma'lum qildi.
" Kalyao oliy sud prezidentiga o‘zining iste'foga chiqish haqidagi arizasini topshirdi. Unga qarshi tergov davom etmoqda, chunki iste'fo javobgarlikdan ozod qilmaydi", — deyiladi oliy sud instansiyasi bayonotida.
Mavzuga oid
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
21:55 / 22.10.2024
Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledo pora olgani uchun 20 yilga qamaldi
23:36 / 11.10.2024
O‘rmon yong‘inlari Peru ekotizimi va yovvoyi tabiatini yakson qilmoqda
15:30 / 17.06.2024