Jahon | 00:17 / 14.07.2018
5881
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi bekor qilinadigan sana ma'lum qilindi   

Foto: VoicePress

Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi amal qilishi 18 iyulda yakunlanadi, biroq terrorchilik xavfi yuzaga kelsa, u yana kiritilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin ma'lum qildi. 

Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi 2016 yildagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 3 oy muddatga kiritilgandi. U hukumat qarori bilan 7 marta uzaytirilgan. Oxirgi marta tartib 18 aprelda uzaytirilgandi. Turk muxolifati va Yevropa Ittifoqining bir qator yetakchilari favqulodda vaziyat tartibini u fuqarolar huquqlari va erkinliklariga tahdid qilishini vaj qilib uni tanqid qilishgan.

“FV tartibi 18 iyulgacha amal qiladi. Biroq hech kim uning bekor qilinishini zaiflikni namoyish qilish yoki terrorilar uchun yangi imkon deb o‘ylamasin. Terrorchilikka qarshi kurash qat'iyan davom ettiriladi. Agar FV tartibi kiritilishini talab qiladigan tahdid yuzaga kelsa, u yana kiritiladi”, deb ma'lum qilgan Qalin jurnalistlarga.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid