Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chikagoda politsiya tomonidan qurolli shaxs o‘ldirilganidan so‘ng norozilik namoyishlari boshlandi
Politsiyachilar qurolli erkakni otib o‘ldirishganidan so‘ng Chikago shahrida norozilik namoyishlari boshlanib ketdi, deb yozadi Chicago Tribune.
Nashrning xabar berishicha, hodisa shanba kuni kechqurun yuz bergan. Politsiya patruli qurollangan erkakni ko‘rib qolib, uni tekshirmoqchi bo‘lganida qarshilikka uchragan va erkakni otib tashlagan. Jarohatlangan shaxs mahalliy kasalxonaga keltirilganida allaqachon joni uzilgan bo‘lgan.
Gazetada yozilishicha, soat 19da (Toshkent vaqti bilan ertalab 5da) 71-ko‘cha va Chepel ko‘chasi tutashgan joyda bir guruh odamlar to‘plangan. Namoyishchilar soni 150 kishiga yaqinlashgan. Gazetaning xabariga ko‘ra, to‘planganlar politsiyani qotillikda ayblagan. Norozilik namoyishi chog‘ida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 10.10.2025
AQSh Milliy gvardiyasi Chikagodagi federal obektlarni qo‘riqlashni boshladi
09:59 / 06.10.2025
Tramp Chikagoga 300 nafar Milliy gvardiya askarini yuborishga ruxsat berdi
08:00 / 01.09.2025
Chikago federal qo‘shinlar va agentlar bilan hamkorlik qilmaydi
18:15 / 03.07.2025