Çikago politsiyasi (Illinoys ştati), agar AQŞ prezidenti Donald Tramp tahdid qilganidek, yaqin kunlarda ularni şaharga yuborsa, Milliy gvardiya qöşinlari yoki federal agentlari bilan hamkorlik qilmaydi, dedi şahar meri Brendon Jonson. Boşqa şahar rasmiylari iştirokida u Çikagoni AQŞ huquq-tartibot idoralari ötkazadigan har qanday operatsiyaga tayyorlaşga qaratilgan buyruqni imzoladi.

«Gap tayyor turiş haqida ketmoqda», dedi Jonson buyruqni imzolar ekan. Reuters iqtibos keltirganidek, merning ta’kidlaşiça, hujjat şahar xodimlariga va «barça çikagoliklarga bu zulmga qanday qarşi tura olişimiz haqida» «haqiqiy, aniq yöl-yöriq» beriş uçun möljallangan.

Buyruqda aytilişiça, Çikago politsiyasi xodimlari ştat va şahar qonunlarini bajarişda davom etadi, ammo federal idoralar, jumladan, Milliy gvardiya bilan birga patrul, hibsga oliş yoki boşqa huquqni muhofaza qiliş faoliyati bilan şuğullanmaydi. Şuningdek, şahar politsiyasidan Çikago politsiyasi formasini kiyiş va aholi ularni federal agentlardan osongina ajrata olişi uçun niqob kiyişdan saqlanişni talab qiladi.