Shotlandiyaliklarni Trampning xavfsizligiga sarflangan pullar achchiqlantirdi
Shotlandiya aholisi hukumat AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga tashrifi vaqtida uning xavfsizligini ta'minlashga 5 mln funt sterling (6,6 mln dollar) sarflaganidan achchiqlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Trampning o‘zining Trump Turnbery mehmonxonasiga tashrifi bilan bog‘liq xarajatlar soliq to‘lovchilar gardaniga tushganidan norozilik bildirganlar. Trampning osoyishtaligini uning tashrifiga qarshi minglab namoyishchilardan himoyalash uchun mehmonxonaga katta sondagi politsiya kuchlari tortilgan.
Bundan tashqari, namoyishlar o‘tgan Edinburg va Glazgoda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Tramp tashrifi vaqtida tartibni saqlashga umumiy hisobda 5 mingga yaqin politsiyachi jalb qilingan.
Shu tufayli shotlandiyaliklar Londonga Tramp uchun saflangan pullarni Vashington zimmasiga qo‘yishni taklif qilishmoqda. Shu bilan birga Buyuk Britaniya g‘aznachiligi rahbari Elizabet Trass Shotlandiyaning xarajatlari qoplab berilishiga va'da bergan.
Mavzuga oid
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
11:37 / 17.08.2024
Shotlandiya orollarida Yerdagi muzlik davriga oid muhim dalillar topildi
20:53 / 29.04.2024
Shotlandiyaning birinchi musulmon bosh vaziri Yusuf iste’foga chiqdi
15:56 / 06.01.2024