Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buloqboshida to‘rt sotix yer uchun 4000 dollar olgan mutasaddi qo‘lga tushdi
Andijon viloyati, Buloqboshi tumani yer resurslari davlat kadastri boshlig‘i Ulug‘bek Rahmonov Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mutasaddi mansabini suiiste'mol qilib, tuman hududidan 4 sotix yer maydoni ajratib berish uchun U.B. dan 4 ming AQSh dollari talab qilgan.
Olib borilgan tezkor tadbir natijasida amaldor pora bilan qo‘lga tushdi. Xozirda U.Rahmonovga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mavzuga oid
20:41 / 06.07.2026
SSV: Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
10:45 / 06.07.2026
Andijonda soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026