Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtdagi yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida yong‘in xavfsizligi ta'minlanmoqda
2018 yil 12 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Kristal” supermarket binosida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng, poytaxt hududida joylashgan yirik savdo-ko‘ngilochar majmuasida aholi xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar kuchaytirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Hozirgi kunda poytaxt hududida joylashgan yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar ko‘rilayotganligi yuzasidan kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. O‘rganishlarda asosiy e'tibor obektlarni yong‘inni avtomatik ravishda sezish va ovozli xabar berish, shuningdek, tutunni haydab chiqarish qurilmalarini sozligiga, zahira chiqish yo‘llarining holatiga, yong‘in vaqtida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi belgilar va avariyaviy yoritish tizimi mavjudligiga, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini sozligiga, markazlar xodimlarini yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo‘lganda o‘z vazifalarini qay darajada bilishlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Savdo-ko‘ngilochar majmualari ishchi xizmatchilarini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va insonlarni tezda evakuatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026