«O‘zbekiston havo yo‘llari» ko‘chirilgan reyslar haqida ma'lumot berdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Urganch» aeroporti vaqtincha yopilishi munosabati bilan 17 iyul kuni Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ma'lumot berdi.
Shunga ko‘ra, faqat 17 iyul kuni quyidagi grafik bo‘yicha reyslar Nukus orqali amalga oshiriladi:
HY051 reysi Urganch o‘rniga Nukusga soat 8:30da uchadi, Nukusga qo‘nish vaqti — 10:15.
HY052 reysi Urganch o‘rniga Nukusdan soat 11:10da uchadi, Toshkentga qo‘nish vaqti — 12:45.
HY057 reysi Urganch o‘rniga Nukusga soat 16:40da uchadi, Nukusga qo‘nish vaqti — 18:45.
HY058 reysi Urganch o‘rniga Nukusdan soat 19:05da uchadi, Buxoroga qo‘nish vaqti — 20:25, Buxorodan uchish vaqti — 21:05, Toshkentga qo‘nish vaqti — 22:10.
Toshkent-Urganch-Toshkent, Urganch-Buxoro yoki Buxoro-Toshkent yo‘nalishlariga chipta olgan yo‘lovchilar parvozga avval rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo‘yicha qo‘shimcha yig‘imlarsiz qabul qilinadi.
Urganchgacha chipta olgan yo‘lovchilar «Urganch» aeroportigacha avtobus orqali yetkaziladi.
Urganchdan uchish uchun chipta olgan yo‘lovchilarga esa «Nukus» aeroportiga avtobus bilan o‘z vaqtida yetib borish uchun «Urganch» aeroportiga parvozga kamida 4 soat qolganda yetib borish talab etiladi.
Yo‘lovchilar quyidagi raqam orqali qo‘shimcha ma'lumotlar olishi mumkin: (+99871) 140−02−00.
Aviakompaniya yo‘lovchilardan noqulaylik uchun uzr so‘rab, kompaniya rahbariyati «Urganch» aeroporti faoliyati tiklanishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishini ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyuldan boshlab «Urganch» xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilgan.
Mavzuga oid
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKdagi tarkibiy o‘zgarishlar yakunlandi
19:55 / 07.11.2019