Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiq havo «Urganch» aeroporti vaqtincha yopilishiga sabab bo‘ldi
Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK
16 iyuldan boshlab «Urganch» xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilgan. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Endilikda «Urganch» aeroportiga amalga oshiriladigan reyslar «Nukus» va «Buxoro» aeroportiga ko‘chirilgan.
Aeroport faoliyati texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng qayta tiklanishi rejalashtirilgan.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilardan keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.