Jahon | 12:50 / 18.07.2018
20111
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya Tramp-Putin uchrashuviga katta mablag‘ sarflagan

AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sammitga fin hukumati 10 mln. yevro (11.6 mln. AQSh dollari) sarfladi. Bu haqida 17 iyul kuni bosh vazir Yuha Sipila ma'lumot berdi.

Ikki mamlakat rahbari Xelsinkida ikki kun avval o‘zaro suhbat olib borishdi va matbuot konferensiyasida qatnashdi. Dastlabki xarajatlar tegishli vazirliklar va prezident devoni tomonidan amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirlari 1.5 mln dollar sarflagan.

Matbuot kotibi media markazdagi jurnalistlar bepul oziq-ovqat bilan ta'minlangani haqida xabar berdi. Finlandia Hall markazida tortilgan tansiq taomlar jurnalistlarda katta taassurot qoldirgan. Finlyandiyadagi «Helsingin Sanomat» gazetasi quyidagi fikrni chop etdi: «Bizga va xorijiy hamkasblarimizga berilgan e'tibor uzoq vaqt yodimizda qoladi».

Ajratilgan mablag‘ning asosiy qismi xavfsizlik xizmati hissasiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy OAVning yozishicha, tashrif buyuruvchilar mehmonxonalarni bron qilish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar uchun o‘zlari pul to‘lashgan. Albatta, o‘sha paytga kelib narxlar oshirib qo‘yilgan.

Mavzuga oid