Fan-texnika | 14:50 / 18.07.2018
4424
2 daqiqa o‘qiladi

Google’ni katta miqdorda jarimaga tortishmoqchi

Yevropa Komissiyasi Google kompaniyasini yirik summadagi jarima bilan «siylash»ni rejalashtirgan. Bunga kompaniya smartfon foydalanuvchilarini o‘zining mobil ilovalarini harid qilishga undagani va raqobatchilari faoliyatiga to‘sqinlik qilgani sabab bo‘lmoqda.

Yevropa va amerikalik raqobatchilarning shikoyatlari asosida 2015 yildan beri olib borilayotgan surishtiruv xulosasi bugun e'lon qilinadi. YeI rasmiylaridan biri Margret Vestager Bryusselda ertalabki soat 7.00da muxbirlar bilan matbuot anjumani o‘tkazishga kelishib oldi. Komissiya matbuot anjumanidan oldin izoh berishni rad etdi. YeI tartibot organlari amerikalik raqobatchilar bilan solishtirganda katta kompaniyalarga keskin choralarni qo‘llashadi. Ayniqsa, raqobat shaxsiy ma'lumotlar muhofazasi va soliq masalalari haqida ketganida.

O‘tgan yili Google savdo xizmatlarini ko‘proq targ‘ibot qilgani uchun YeI tomonidan 2.4 mlrd. yevro (2.8 mln. AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilgandi. Apple, Amazon va Facebook ham shunday jazolangan. Yevropa Komissiyasi Google ishlab chiqaruvchilardan smartfonlarga o‘zining mobil ilovalarini o‘rnatishni talab qilgan, degan ayblovni qo‘ymoqda.

YeI kompaniyani biznes amaliyotini o‘zgartirishga majbur qilishi mumkin. Bundan tashqari, 2017 yilda 110 milliard dollarini tashkil etuvchi yillik global savdo hajmining 10 foizgacha jarimaga tortilishi mumkin. Google o‘zining amaliyotlari iste'molchilar tanlovini kamaytirmasligini ta'kidlagan.

Mavzuga oid