Jahon | 17:10 / 18.07.2018
9065
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan bolalarni qutqargan dayverdan uzr so‘radi

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan bolalarni qutqarish operatsiyasida qatnashgan dayver Vernom Unsuortdan uzr so‘radi.

Unsuort Maskning bolalarni kichik suvosti kemasi yordamida qutqarish g‘oyasini tanqid qilgan, bunga javoban Tesla va SpaceX asoschisi uni «pedofil» deb haqorat qilgandi.

«Mening harakatlarim uning harakatlari oldida hech narsaga arzimaydi. Men janob Unsuort va kompaniyalarimdan uzr so‘rayman. Bu faqat va faqat mening aybim», — deb yozdi Mask Tvitterda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla va SpaceX investorlari Maskni Unsuortdan uzr so‘rashga chaqirishgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid