Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti JCh-2018’ni aslida kim yutganini aytdi
Foto: Kremlin.ru
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyada o‘tgan jahon chempionatining haqiqiy g‘olibi Fransiya emas, Afrika ekanini aytdi.
Maduro Fransiyaning g‘alabasini afrikaliklar migratsiyasi bilan bog‘lagan.
“Fransiya jamoasi yutdi, biroq u Afrika jamoasiga o‘xshash bo‘ldi. Aslida Afrika, Fransiyaga kelgan afrikalik muhojirlar g‘alaba qozondi”, deb aytgan Maduro. U, shuningdek, Yevropani afrikalik muhojirlarga nisbatan irqchilik qilish va tahqirlashni tugatishga chaqirgan. Maduroning so‘zlari Fransiyada salbiy qabul qilingan.
Fransiyaning “Demokratlar va mustaqillar ittifoqi” raisi Jan-Kristof Lagard Maduroni irqiy adovatga gijgijlashda ayblagan. Lagard Maduro Fransiyani bilmasligini va “o‘z davlatiga yomon munosabatda ekanligini” aytgan.
Mavzuga oid
08:17 / 25.05.2026
Afrikadagi eng baland osmono‘par bino qurilishi yakunlanmoqda
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
19:07 / 25.04.2026