Tramp AQShdagi saylovlarga aralashuvga Putinni javobgar deb aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni go‘yoki Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlariga aralashuviga shaxsan javobgar deb hisoblash mumkinligini aytdi.
“Chunki u davlat rahbari. Bu xuddi mening yurtimda yuz berayotganlarga o‘zimni javobgar deb hisoblashimdek gap. Shu sababli, davlat yetakchisi sifatida siz uni aralashuvga javobgar deb hisoblashingiz mumkin”, deb aytgan Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp Putin bilan Xelsinkidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanda Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvida “ikki tomon aybdor” deb aytgan. Bu esa AQSh ichida tanqidga sabab bo‘lgan. Tramp Rossiyaning aralashuviga isbotlar ko‘rmayotganini aytgan. Tramp uchrashuvning ertasi kuni, ya'ni 17 iyulda jurnalistlarga yanglish gapirib yuborgani va aslida teskarisini, ya'ni Rossiya saylovlarga aralashgan bo‘lishi mumkinligini nazarda tutganini aytgan.
Rossiyaning AQShdagi saylovlarga “aralashuvi” bo‘yicha AQSh kongressida va maxsus prokuror Robert Myuller boshchiligida tergov olib borilmoqda. Tergov bir yildan ko‘proq davom etayotganiga qaramay, aralashuvga hali birorta isbot keltirilmagan.
Rossiya o‘z navbatida unga qo‘yilayotgan bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024