Jahon | 00:33 / 19.07.2018
5661
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 2 yil amal qilgan favqulodda vaziyat tartibi bekor qilindi   

18 iyuldan Turkiyada hukumat tomonidan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 2016 yil 20 iyulda kiritilgan  favqulodda vaziyat tartibi amal qilishi to‘xtatildi. Turkiya hukumati tartibning bekor qilinganini ma'lum qilish vaqtida “terrorchilikka qarshi kurash davom etishi va zarur qonunlar qabul qilinishini” ta'kidlab o‘tdi. Shu munosabat bilan parlamentga muhokama uchun tartib bekor qilingan davr uchun choralar loyihalari topshirildi. 

Loyihada mahalliy hokimiyatlarga ba'zi fuqarolarning jamoat tartibini buzishi mumkinligiga shubha paydo bo‘lsa, ularni Turkiya viloyatlarining bir qator joylariga borishini cheklash vakolati ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, namoyishlarni taqiqlash uchun asoslar ro‘yxati kengaytirilgan. 

Bianet axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyada tartib amal qilgan ikki yil ichida davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlik gumoni bilan 2228 mingdan ko‘proq kishi hibsga olingan, 134 ming davlat xizmatchisi ishidan bo‘shatilgan, ijtimoiy tarmoqlarning 17089 nafar foydalanuvchisiga nisbatan terrorchilik tashkilotlarini targ‘ibot qilish yoki adovatni avj oldirish ayblovlari bilan ishlar ochilgan, 174 ta ommaviy axborot vositasi, 1414 ta notijorat tashkilot, 145 ta jamg‘arma, 15 ta universitet va 19 ta kasaba uyushma yopilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid