Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning gipertovushli quroli bo‘yicha ma'lumotlar G‘arb qo‘liga tushdi - OAV
Foto: AP
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati gipertovushli qurolni ishlab chiqish bo‘yicha ma'lumotlar sizib chiqqani tufayli davlatga xiyonat bo‘yicha ishni surishtiruvdan o‘tkazmoqda.
«Kommersant» nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ish doirasida juma, 20 iyul kuni ertalab Moskva oblastining Korolev shahrida Markaziy mashinasozlik ilmiy-tadqiqot institutida tintuvlar boshlangan. Shuningdek, Birlashgan raketa-kosmik korporatsiyasi tadqiqot-tahlil markazi direktori Dmitriy Paysonning Moskvadagi ofisida ham tintuvlar ro‘y berdi.
Nashr manbasi xabariga ko‘ra, tergovning fikricha, ma'lumotlar Dmitriy Payson qalin aloqada bo‘lgan, Markaziy mashinasozlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tufayli sizib chiqqan.
Markaziy mashinasozlik ilmiy-tadqiqot instituti va Birlashgan raketa-kosmik korporatsiyasi «Roskosmos» tarkibiga kiradi. Gipertovushli loyihalar bilan «Taktik raketa qurollari» korporatsiyasi shug‘ullanadi, u «Roskosmos»ga kirmaydi.
Mavzuga oid
10:59
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
10:55
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
09:28
Zelenskiy: Ukraina sulhni qo‘llab-quvvatlaydi
20:35 / 09.04.2026