Jahon | 20:32 / 20.07.2018
3248
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va Niderlandiya diplomatik aloqalarni tikladi 

Foto: pixabay

Turkiya va Niderlandiya o‘zaro diplomatik aloqalarni tiklashga qaror qildi. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri niderlandiyalik hamkasbidan maktub olgandan keyin unga qo‘ng‘iroq qilgan. Telefon suhbati davomida vazirlar diplomatik aloqalarni normallashtirishga va shu munosabat bilan yaqin orada elchilarini yuborishga kelishib olishgan. Shuningdek, Niderlandiya tashqi ishlar vaziri 2018 yilning 2-yarmida Turkiyaga tashrif buradi. 

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 2017 yil martida Turkiya tashqi ishlar vaziri  Mavlut Chovusho‘g‘luning Niderlandiyaga safari bekor qilingandan keyin yomonlashgan. Chovusho‘g‘lu Rotterdamda turkiyalik fuqarolarga Turkiya konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatmalar haqida ma'lumot berish maqsadida namoyishda ishtirok etishi rejalashtirilgandi. 

Bundan tashqari, namoyishda ishtirok etishga Turkiyaning oila ishlari vaziri qo‘yilmagan. Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘an bunga qarshi choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan. Shundan keyin Turkiya tashqi ishlar vazirligi ta'tilda bo‘lgan Niderlandiya elchisining Turkiyaga qaytishini nomaqbul deb e'lon qilgan. 2018 yil fevralda esa Niderlandiya Turkiyadagi elchisini chaqirtirib olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid