Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O‘zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi.
Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 oktyabrga qadar muddatda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqadi.
Shuningdek, 2018 yil 20 dekabrga qadar 2019-2029 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi, 2019 yil 1 iyungacha ushbu konsepsiyaga muvofiq ravishda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha investitsion loyihalar portfeli, 2019 yil 1 noyabrgacha 2019−2029 yillarda O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqilishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:10 / 19.03.2026
Radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlik talablari ishlab chiqildi
21:04 / 13.03.2026
XAEA vakillari AES qurilishi jarayonini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keladi
14:24 / 11.03.2026