Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy bilan savdo kelishuviga erishishga tayyor. XXRga talab qo‘yildi
Foto: Jonathan Ernst/Reuters
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning ma'lum qilishicha, Vashington Pekin bilan savdo kelishuvini imzolashga tayyor. Bunda XXR o‘z savdo siyosatini jiddiy tarzda o‘zgartirishi talab etiladi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvi Amerika intellektual mulki himoyasi va texnologiyalarni majburiy tarzda berishdan bosh tortishni o‘z ichiga qamrab olishi lozim.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar moliya vazirining ta'kidlashicha, Amerika kompaniyalari uchun Xitoy bozorida «adolatli raqobat imkoniyati» paydo bo‘lishi darkor.
Mnuchinning qo‘shimcha qilishicha, AQSh yuan kuchsizlanishi tufayli Xitoyning harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp XXR tovarlariga qiymati 500 mlrd dollar bo‘lgan bojlar joriy etishga tayyor turgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
17:20 / 27.05.2026
Xitoyda Toshkent shahar drenaj tizimini rivojlantirish bo‘yicha 400 mln dollarlik kelishuvga erishildi
10:25 / 27.05.2026