Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir kun ichida 13 kishi jazirama issiqdan vafot etdi
Kiodo agentligi Yaponiyada shanba kuni oftob urishidan vafot etganini xabar qildi.
Shanba kuni mamlakatning aksariyat hududida harorat 35 darajadan yuqori bo‘ldi. Kiotoda harorat 38 darajadan ham oshib ketdi. Shanba kuni Kioto issiqdan yetti kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, boshqa prefekturalarda ham issiq haroratdan yana olti kishi halok bo‘lgan.
Ko‘plab kishilarning kasalxonaga yotqizilgani, xususan, oftob urishi oqibatida ommaviy ravishda kasalxonaga tushganlar haqida xabarlar kelmoqda. Bu asosan maktablardagi sport tadbirlari bilan bog‘liq holatlardir. Gifu va Sidzuoka prefekturalarida bir necha nafar maktab o‘quvchisi oftob urishi natijasida kasalxonaga yotqizilgan.
Yaqin kunlar ichida harorat 35 darajadan yuqori bo‘lib turishi kutilmoqda. Meteorologlar aholini ko‘chaga chiqmaslikka va zaruriyat bo‘lmagan hollarda quyosh nuri ostida bo‘lmaslikka chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston FVV ham 19-23 iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kirib kelishi, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5–7 darajaga oshib, 40–43 darajani tashkil etishi haqida ogohlantirgan va issiq ob-havo sharoitida qanday harakat qilish lozimligi bo‘yicha tavsiyalar bergandi.
Tavsiyalarda issiq ob-havo paytida salomatlik bilan bog‘liq muammolar oldini olish maqsadida, tamaki mahsulotlarini chekish, alkogol ichimliklari ichish, kuchli jismoniy mehnat qilish va ovqat iste'mol qilishni kamaytirish lozimligi aytilgan.
Bundan tashqari, oldindan ichimlik suvi zaxiralarini yaratish, issiq ob-havoga mos kiyim-kechak, ventilyator, konditsionerlarni tayyorlab qo‘yish tavsiya etilgan.
Tavsiyalarda bildirilishicha, issiq ob-havo sharoitida och (oq) rangdagi havo o‘tkazadigan (iloji boricha paxtadan tayyorlangan) kiyim-kechak va bosh kiyim kiyib yurish, ko‘proq suyuqlik (suv) iste'mol qilish soat 12dan 16gacha ko‘chaga chiqmaslikka harakat qilish hamda iloji boricha ko‘proq dush qabul qilish aytilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026