Töy-haşamlar, oilaviy tantana va marosimlar milliy urf-odat hamda an'analarning ajralmas qismiga aylangan. Biroq keyingi paytlarda millatimizga xos bölmagan qator ma'nisiz rusumlar, yangidan öylab topilgan baçkana “odat”lar ham qöşilayotgani milliy qadriyat va urf-odatlarga putur yetkazmoqda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasida joriy yil 20 iyul kuni ötkazilgan “Oilaviy tadbirlardagi me'yor: muammo va yeçim” mavzusidagi davra suhbatida ana şunday illatlarning oldini oliş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Jamiyatning ma'naviy muhitiga salbiy ta'sir körsatayotgan dabdabali, kimözarga qilinayotgan töy-haşamlarning oldini oliş, oilaviy tadbirlarni ötkazişni tartibga soliş, nomaqbul holatlar va isrofgarçiliklarga yöl qöymaslik masalalari iştirokçilar diqqat markazida böldi.

Foto: parliament.gov.uz

Ta'kidlanganidek, mamlakatda ma'naviy-ma'rifiy işlarni zamon talablari asosida taşkil etiş, inson manfaatlari va turmuş farovonligini ta'minlaş, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yaxşilaş, yoş oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş yölida katta işlar amalga oşirilmoqda. Bu borada xalqimizning ezgu qadriyatlarini özida mujassam etgan, odamlarni birlaştiriş, ular örtasida özaro ahillik va mehr-oqibat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladigan töy va marosimlar muhim örin tutadi. Şu ma'noda, bunday tadbirlar el-yurtning madaniyati, ma'naviy saviyasi darajasini yaqqol körsatuvçi omillardan biri sifatida xalqimizning, keng jamoatçilikning doimiy diqqat-eʼtiborida turadigan masala hisoblanadi.

Sönggi yillarda töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixçam, kamxarj va tartibli ötkaziş, bunda dabdababozlik, isrofgarçilik, şuhratparastlikka berilmaslik, milliy qadriyatlarimiz va muqaddas dinimizga töğri kelmaydigan salbiy illatlarga yöl qöymaslik masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu işlarni amalga oşirişda jamoatçilik, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalarining ta'siri va ahamiyati katta.

Deputatlarning fikriça, amaliyot va tajriba töy-ma'rakalardagi sarf-xarajatlarni qisqartiriş maqsadida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar kutilgan natijani bermayotganini körsatmoqda.