Makron Trampning muzokaralar taktikasini qo‘llashi ma'lum bo‘ldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tan olishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning muzokaralar olib borish uslubidan foydalanadi. Makron ularni «Kelishuv san'ati» kitobidan olgan, deb yozmoqda Axios nashri manbalarga asosan.
Tramp va Makron NATOning Bryusseldagi sammiti maydonchalarida Qo‘shma Shtatlar hamda Yevropa o‘rtasidagi savdo urushini muhokama qilgan. Tramp YeI davlatlari uchun po‘lat va alyuminiyga bojlardan so‘ng, Yevroittifoq javob choralari ishlab chiqqanidan afsuslangan.
Suhbat mavzusi bilan tanish bo‘lgan manba so‘zlariga ko‘ra, Tramp muloqot vaqtida Makronga Yevropa ittifoqini AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish lozimligiga ishontirishi taklifi bilan chiqqan. Biroq, Makron Trampning fikriga qo‘shilmagan hamda «tahdid ostidagi» muzokaralarga qarshi ekanini aytgan.
«Men «Kelishuv san'ati»ni o‘qib chiqdim. Bilaman, biz muzokaralarda bosim dastaklariga ega bo‘lishimiz uchun, avval javob choralarini ko‘rishimiz darkor», - degan Makron Trampga tabassum bilan.
Tramp kuchli raqiblarni hurmat qiladi va kuchsiz, deya hisoblaydiganlarni yerga uradi, deb qo‘shimcha qilgan nashr. Axios’ning ta'kidlashicha, XXR raisi Si Tszinpin Trampning taktikasidan hammadan yaxshi foydalanadi, uning siyosiy «epchilligi» ancha kuchli.
Mavzuga oid
00:18 / 18.11.2022
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi
13:48 / 04.05.2022
Makron va Putin ikki soat davomida telefonda gaplashdi
07:45 / 11.04.2022
Fransiyadagi saylov natijalari ma’lum: Ikkinchi turga Makron va Le Pen o‘tdi
15:31 / 10.04.2022