Iqtisodiyot | 15:08 / 23.07.2018
10907
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi 17,5 mlrd so‘m miqdordagi asossiz xarajatlarning oldini oldi 

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 1-yarim yilligida Davlat byudjyetidan mablag‘ bilan ta'minlanadigan muassasa va tashkilotlarda o‘tkazilgan moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan xato va kamchiliklar byudjyet intizomini buzish holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamaygan, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.

Byudjyet intizomi buzilish holatlari 2018 yil 1-yarim yilligida 21,7 mlrd so‘mni tashkil etdi (2017 yilning mos davrida 48,1 mlrd so‘mni tashkil etgan).

Byudjyet intizomi buzilish holatlarini kamayishi byudjyet mablag‘larini boshqarish va byudjyet hisobini yuritish bo‘yicha byudjyet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish, byudjyet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish, masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash va kam samarali taftishlarni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasidir.

Xususan, byudjyet va byudjyetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 2018 yil uchun xarajatlar smetasini me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi va xarajat turlarini aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi yuzasidan olib borilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida xarajatlar smetasiga asossiz kiritilgan 17,5 mlrd so‘m miqdoridagi xarajatlarni oldi olinib, boshqa zarur xarajatlariga yo‘naltirildi.

Mavzuga oid