Jahon | 23:27 / 24.07.2018
17683
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada ikki yuzli bola dunyoga kelgani ma'lum qilindi 

Indoneziyada ikki yuzli va ikkita miyali, biroq bitta boshli o‘g‘il bola dunyoga keldi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi

Shifokorlarning fikricha, bolada ushbu nuqson homila hujayraning ona bachadonida ajralishi vaqtidagi muammo sababli yuzaga kelgan. Bolani davolash undan bitta yuz va miya hamda bosh chanog‘ining bir qismini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani talab qiladi. 

Bolaning ota-onasi mahalliy shifokorlar bolani operatsiya qila olmasliklarini ma'lum qilishgandan keyin o‘z farzandlari hayotini saqlab qolishni juda ham istashmoqda. Shifokorlarning dunyoga kelgan bolakayning uzoq yashab ketishiga ko‘zlari yetmayapti.

Bola onasining aytishicha, u homiladorlik vaqtida biror g‘alati narsa sezmagan. Shifokorlar ultratovush tekshiruvlar vaqtida ham biror muammo aniqlashmagan. Onaning aytishicha, shifokor bolaning faqat boshi kattaroqligini aytgan.

Ta'kidlanishicha, bola juda kam uchraydigan tug‘ma nuqson – diprozop bilan tug‘ilgan. Bunday nuqsonli bolalar tug‘ilganlaridan keyin odatda yashab ketmaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid