Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot va rivojlanishga xarajatlar bo‘yicha davlatlar reytingi: O‘zbekiston 76-o‘rinda
HowMuch tahliliy sayti tadqiqot va rivojlanishga xarajatlar bo‘yicha davlatlar reytingini taqdim qildi.
Ta'kidlanishicha, ba'zi davlatlar fanning rivojlanishiga milliardlab dollar ajratadi, biroq bunda barchasi kutilgandek va natijalar samarali bo‘lishiga hech qanday kafolat yo‘q. Ba'zida bu natijalarni yillab kutishga to‘g‘ri keladi.
Tahlilchilar reytingni tuzishda YuNeSKOning statistik ma'lumotlaridan foydalanishgan.
Reytingning yetakchi o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
- AQSh – 476,5 mlrd dollar
- Xitoy – 370,6 mlrd dollar
- Yaponiya – 170,5 mlrd dollar
- Germaniya – 109,8 mlrd dollar
- Janubiy Koreya – 73,2 mlrd dollar
- Fransiya – 60,8 mlrd dollar
- Hindiston – 48,1 mlrd dollar
- Buyuk Britaniya – 44,2 mlrd dollar
- Braziliya – 42,1 mlrd dollar
- Rossiya – 39,8 mlrd dollar

AQShda har million kishiga 4295 nafar, Xitoyda esa 1096 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri kelar ekan.
Tahlilchilar “tadqiqot” termini ostida farmatsevtikadan boshlab samolyotsozlikkacha bo‘lgan barcha sohani nazarda tutishgan.
O‘zbekiston 345 mln dollar bilan reytingning 76-pog‘onasini egallagan.
Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 67-o‘rinni egallagan. Bu davlatda tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 718 mln dollar ajratilar ekan.
Tojikistonda esa bu maqsadlar uchun bor-yo‘g‘i 26 mln dollar, Qirg‘izistonda esa 25 mln dollar ajratilar ekan. Turkmaniston esa reytingga kiritilmagan.
Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, turli tadqiqotlarga katta mablag‘ ajratuvchi davlatlar haqiqatan rivojlangan.
Ma'lumki, fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi.
Hammasi inson resursidan boshlanadi: dastlab bog‘chaga, so‘ngra maktab, keyin esa oliy ta'lim muassasasiga sarmoya kiritiladi. Shuningdek, doktorantura va Fanlar akademiyasini ham unutmaslik lozim.
Bir inson ilmiy xodim yoki tadqiqotchi sifatida davlatga natijalar berishni boshlashi uchun kamida 20 yil kutishga to‘g‘ri keladi. Bunda davlat undan a'lo darajadagi natijalarni olishiga hech qanday kafolat yo‘q.
Fan juda tez sur'atlar bilan rivojlanadi, atrof-muhit esa har daqiqa o‘zgaradi. Albatta bunga tez moslashish mumkin, biroq buning uchun qo‘shimcha sarmoyalar talab etiladi.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, fan, texnologiya va innovatsiyalarga sarmoyalar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari ekologikroq va inklyuziv jamiyatlarni qurish va barqaror rivojlanishga ko‘mak beradi.
Biroq davlat va xususiy sektordagi infratuzilma rivojlanishi, texnologiyalar bilan almashinuv va ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari natijalar berishi uchun ular samarali siyosat bilan tartibga solinishi lozim.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026