Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» milliy kompaniyasini AJga qayta tashkil etish taklif qilinmoqda
Foto: uzbekinvest.uz
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida prezidentning «O‘zbekinvest» eksport-import sug‘urta milliy kompaniyasini qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Hujjatga muvofiq manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan «O‘zbekinvest» EIS MKni «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) qayta tashkil qilish taklif etilmoqda.
Shuningdek ikki oylik muddatda quyidagilarni ta'minlash tavsiya etilmoqda:
• ta'sis hujjatlari paketini tayyorlash va tasdiqlash;
• Jamiyat tashkiliy tuzilmasini va ijro etuvchi organi tuzilmasini tasdiqlash;
• Jamiyat ta'sis hujjatlari paketini ro‘yxatdan o‘tkazish;
• xalqaro prinsiplar va korporativ boshqaruv usullarini tatbiq etish, fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining sug‘urta xizmatlariga ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida ish uslubini tubdan o‘zgartirish, mahalliy va mintaqaviy sug‘urta bozorlarida yetakchi o‘rinlarni egallashni nazarda tutgan holda, 2018–2022 yillarda Jamiyat faoliyatini qayta tarkiblash va yangilash bo‘yicha Yo‘l xaritasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.
Toshkent sh., Chilonzor tumani, Ts mavzesi, Cho‘pon ota ko‘chasi manzili bo‘yicha joylashgan bino va inshootlar xo‘jalik boshqaruvi huquqida bepul foydalanish asosida Jamiyatga beriladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
10:00 / 23.04.2026
«O‘zbekinvest» eksportni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro investitsiyalar uchun Skandinaviya hamda Shimoliy Yevropa mamlakatlarida sug‘urta bozorlarining yangi yo‘nalishlarini ochmoqda
10:00 / 14.04.2026
«O‘zbekinvest» va FALIA sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
09:35 / 01.04.2026