Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Avstraliyadagi harbiy kontingentini yana 2,5 ming harbiyga oshiradi
AQSh Avstraliyaning Darvin shahri yaqinidagi harbiy bazasiga 2,5 ming kishilik qo‘shimcha harbiy kontingentni yubormoqchi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Avstraliyaning ABC teleradiokompaniyasiga bergan intervyuda ma'lum qilgan.
“Mudofaa vaziri Mettis Darvinga 2,5 ming harbiy yuborishda to‘xtaganimizni aytgandi. Ular hozirda jo‘natilishga tayyorlanmoqda. Ularning kelish muddati Avstraliya aytadigan vaqtga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytgan Pompeo.
“Bu AQSh uchun muhim missiya va biz bu nafaqat Avstraliya, balki butun mintaqa uchun muhim missiya ekanligini bilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.
Hozirda Darvin yaqinidagi bazada 1 ming 250 nafar harbiy joylashtirilgan. AQShning Avstraliyadagi harbiy kontingentining kuchaytirilishi Avstraliya-Xitoy munosabatlariga katta xavf soladi. AQShning harbiy ittifoqdoshi bo‘lgan Avstraliya Janubiy Xitoy dengizidagi hududlarga da'vogarlik qilmagan holda uzoq vaqt hududlar borasidagi bahslarda Xitoy bilan yaxshi iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolish uchun daxlsizlik saqlab kelgan. Oxirgi oylarda ushbu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli tarzda yomonlashgan.
Mavzuga oid
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:27 / 13.07.2026
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10 / 13.07.2026