Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti Tramp va Putinning yangi uchrashuviga doir bayonot berdi
Moskva va Vashington Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampning yangi uchrashuvi bo‘yicha hali hech narsani o‘zaro muvofiqlashtirmadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Hizer Nauert ma'lum qilgan.
Nauertning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlarni tashkillashtirish uning ishiga kirmaydi, biroq, uning fikricha, Trampning Putinga Vashingtonga tashrif buyurish borasidagi taklifi «norasmiy» bo‘lgan.
«Men avval aytganimdek, Oq uyga murojaat qiling. Tushunishim bo‘yicha, hozirgi paytga kelib hech narsa muvofiqlashtirilgani yo‘q», - deya ma'lum qilgan matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Rossiya tomoni hech qachon Qo‘shma Shtatlarning «do‘sti» bo‘lmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026