O‘zbekiston | 18:59 / 25.07.2018
13715
3 daqiqa o‘qiladi

Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirildi

Foto: KUN.UZ

20.07.2018 yildagi O‘RQ–485-son qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
 
Norma’ning yozishicha, quyidagilar uchun jarima miqdori bir necha barobar oshirildi:

• suv quduqlarining qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzganlik;
• ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborganlik yoki shikastlantirganlik;
• suv o‘zi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo‘q qilishga doir choralarni ko‘rmaganlik;
• sifatli yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi inshootlarini va boshqa obektlarni joylashtirganlik.
 
Endi u quyidagi miqdorni tashkil etadi:

• fuqarolar uchun – EKIHning 2 baravaridan 5 baravarigacha (ilgari – EKIHning ½ qismidan 1 baravarigacha);
• mansabdor shaxslar uchun – EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha (ilgari – EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha).
 
Shu bilan birga, aniqlashtirilishicha, jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga mo‘ljallangan quduqlarni qazish qoidalarini va texnologiyasini buzganlik uchun jismoniy shaxslar javobgar bo‘lmaydilar.
 
Gap shundaki, Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (VMning 27.06.2017 yildagi 430-son qaroriga ilova) 5-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun chuqurligi kamida 25 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash uchun va sutkasiga ko‘pi bilan 5 metr kub hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun individual olishga qaratilganda Davlat geologiya qo‘mitasidan ruxsatnoma olish talab etilmaydi. Tegishincha ularga ruxsatnomaga ilova qilinadigan burg‘ilash uchun talablar va shartlarga rioya etish bo‘yicha majburiyatlar berilmaydi.
 
Shuningdek, yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzganlik, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olganlik uchun jarima bir necha marotaba oshirildi.
 
Ushbu huquqbuzarliklar alohida qismga ajratildi. Ular uchun quyidagi jarima solinadi:

Hujjat 21.07.2018 yilda e'lon qilingan, ko‘rsatilgan o‘zgartirishlar ham shu sanadan boshlab kuchga kirgan.

Mavzuga oid