15:25 / 25.07.2018
6633

Yerevanda portlash yuz berdi: jabrlanganlar bor

Bugun, 25 iyul kuni ertalab Armaniston poytaxti Yerevanda portlash natijasida 3 kishi jabrlandi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqida Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.

Hodisa poytaxtning Artashisyan ko‘chasida sodir bo‘lgan. U yerga maxsus  qutqaruv guruhi, tez tibbiy yordam yetib bordi. Zudlik bilan yong‘inni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rildi.

Aniqlanishicha, portlash shisha ishlab chiqarish zavodida sodir bo‘lgan. Natijada, devor qulagan va bir necha kishi jarohatlandi.

Voqea sabablari o‘rganilmoqda va aybdorlar aniqlanyapti.

Mavzuga oid
Top