Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda saylov komissiyasiga 57 mln dollar ajratildi
Afg‘onistonda parlament va viloyat maslahatchilari saylovi uchun yana qo‘shimcha 57 mln AQSh dollari ajratiladi. Bu haqida BMTning Afg‘onistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar qildi.
Mustaqil saylov komissiyasi hamda saylovlardagi adolatsizliklar bilan shug‘ullanuvchi Komissiya vakillari adolatli faoliyat yuritishlari to‘g‘risida hamkorlik kelishuvini imzolashdi.
«Ushbu bitim saylov faoliyati shaffofligini ta'minlashda juda muhimdir. BMTga a'zo davlatlar saylovga tayyorgarlik ko‘rishda xalqaro hamkorlik qilishga va'da berishdi», dedi BMTning Afg‘onistondagi vakolatxonasi bosh kotibi vakili Tadamichi Yamomoto.
Oldin xabar qilinganidek, parlament saylovlari 20 oktabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Ovoz berishda qatnashish uchun mamlakat fuqarolari ro‘yxatdan o‘tib, saylov guvohnomasini olishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14 apreldan 3 avgustgacha deb belgilangan. Hozirgi paytda 8,9 million fuqaro ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 3 milliondan ortiqrog‘ini ayollar tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026