AQSh Tramp va Putinning muzokaralari haqida nega sukut saqlanayotganini ma'lum qildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning senat tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlar vaqtida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar haqidagi batafsil ma'lumotni bo‘lajak muzokaralarga zarar yetkazmaslik maqsadida oshkor etmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Bu bir qadar yopiq muzokaralar bo‘yicha qanday ochiq bo‘lish mumkin ekaniga doir o‘ta muhim qaror. Sababi sizlarda yakkama-yakka boshqa muzokaralar o‘tkazilishiga doir turlicha fikrlar bo‘lishi mumkin», - dedi Pompeo.
Uning ta'kidlashicha, kelajakda navbatdagi shaxsiy muzokaralar o‘tkazilishi mumkin, ularning natijalari bo‘yicha «real o‘zgarishga» erishish lozim.
Davlat kotibining qo‘shimcha qilishicha, Putin va Trampning shaxsiy muloqoti batafsil jihatlari haqida sukut saqlash, Amerika prezidenti hamda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning yakkama-yakka uchrashuvi tafsilotlarini oshkor etmaslik bo‘yicha qarorga o‘xshashdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikaliklarning aksariyati Rossiya Trampni obro‘sizlantiruvchi ma'lumotga ega, deb hisoblashi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024