Jahon | 16:03 / 25.07.2018
8737
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklarning aksariyati Rossiya Trampni obro‘sizlantiruvchi ma'lumotga ega deb hisoblaydi

Foto: Chris McGrath/Getty Images

AQShda fuqarolarning aksariyati Rossiya hukumati Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga nisbatan obro‘sizlantiruvchi ma'lumotga ega, deb hisoblaydi. Bundan Konnektikut shtatidagi Kvinnipiak universiteti tomonidan o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalari darak beryapti.

Xususan, amerikaliklarning 51 foizi Tramp bo‘yicha obro‘sizlantiruvchi ma'lumot borligiga ishonadi. Respondentlarning 35 foizi ularning fikriga qo‘shilmayapti. So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati (74%) - demokratlar, 18 foizi - respublikachilar.

Biroq, Rossiya bunday ma'lumotga ega ekaniga ishonchi komil bo‘lganlar miqdori 2 foizga qisqardi. Apreldagi so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 53 foizi shu fikrda edi.

Tadqiqotda respondentlarga AQSh hukumatining saylov jarayoniga «Rossiya aralashuvi»dan himoya qilish bo‘yicha harakatlariga doir savol berildi.

AQSh fuqarolarining aksariyati (62%) amaldorlar Qo‘shma Shtatlarda saylovlarni himoya qilish bo‘yicha ko‘proq harakat qilishi lozim ekanini ta'kidlab o‘tdi. Amerikaliklarning 28 foizi fikriga ko‘ra, AQSh aralashuvning oldini olish uchun yetarli ish qilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Xelsinkida 16 iyul kungi sammitini aksariyat (73%) Rossiya muvaffaqiyati, deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, fuqarolarning 52 foizi Xelsinki sammiti AQSh uchun sharmandali holat bo‘lganini bildirgan.

Mavzuga oid